13:54 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
143 0 0

AQSH prezidenti lavozimiga nomzod Jozef Bayden mamlakat uchun xalqaro maydonda eng katta xavfni Rossiya tugʻdiradi deb hisoblaydi.

TOSHKENT, 26 okt — Sputnik. AQSH prezidenti lavozimiga Demokratik partiyadan nomzod Jozef Bayden Qoʻshma Shtatlar uchun xalqaro maydonda eng katta xavfni Rossiya tugʻdiradi deb hisoblaydi.

“Oʻylaymanki, hozirgi paytda bizning xavfsizligimiz va ittifoqlarimizga putur yetkazish nuqtai nazaridan eng katta tahdid Rossiya hisoblanadi. Ikkinchidan, men Xitoyni eng katta raqibimiz deb bilaman”, – Bayden CBS telekanaliga bergan intervyusida.

Rossiya boshqa mamlakatlarda demokratik jarayonlarga taʼsir oʻtkazish haqidagi ayblovlarni bir necha marta rad etgan edi, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa ularni “mutlaqo asossiz” deb atagandi. Rosssiya TIV rahbari Sergey Lavrov turli mamlakatlardagi saylovlarda goʻyoki Rossiya aralashuvi borligi haqidagi xabarlar biror bir dalilga asoslanmaganini maʼlum qilgan edi.

AQSH prezidenti saylovlari 3 noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Davlat rahbari lavozimiga Respublikachilar partiyasidan amaldagi prezident Donald Tramp va demokrat Jo Bayden daʼvogarlik qilmoqda.

Asosiy mavzular