16:17 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
87430

Frantsiya tashqi ishlar vazirligi ayrim musulmon davlatlarining frantsuz mahsulotlarini boykot qilishga chaqiriqlarini maʼnosiz deb atadi va bunday harakatlar zudlik bilan toʻxtatish kerakligini taʼkidladi.

TOSHKENT, 26 okt — Sputnik. Frantsiya tashqi ishlar vazirligi ayrim musulmon davlatlarining frantsuz mahsulotlarini boykot qilishga chaqiriqlarini maqsadsiz deb atadi va bunday harakatlar zudlik bilan toʻxtatish kerakligini taʼkidladi. RIA Novosti xabariga asosan.

"Soʻnggi kunlarda Yaqin Sharqning bir nechta davlatlarida Frantsiya mahsulotlarini, ayniqsa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini boykot qilishga, shuningdek, Frantsiyaga qarshi namoyishlar oʻtkazishga, baʼzi holatlarda ijtimoiy tarmoqlarda nafratli chaqiriqlar koʻrinishida chaqiriqlar tarqatildi", - deyilgan bayonotda.

Tashqi ishlar vazirligi vakilining soʻzlariga koʻra, bu chaqiriqlar Frantsiya vijdon erkinligi, soʻz erkinligi, din erkinligi va nafratga boʻlgan har qanday chaqiriqlarni rad etishni himoya qiladigan pozitsiyani buzib koʻrsatadi.

"Shuningdek, ular respublika prezidentining 2 oktyabr kuni Le Myuroda Samyuel Pati (oʻldirilgan oʻqituvchi. - tahr.) bilan vidolashuv marosimida radikal islomga qarshi kurashga qaratilgan bayonotlarni buzib koʻrsatib, siyosiy maqsadlarda foydalanmoqda”, - deb taʼkidladi TIV vakili.

"Boykot qilish chaqiriqlari maqsadsiz va radikal ozchilik tomonidan mamlakatimizga qarshi qaratilgan barcha hujumlar darhol toʻxtatilishi kerak", deyilgan bayonotda.

Asosiy mavzular