07:15 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
334 0 0

Tojik-qirgʻiz chegarasining belgilanmagan qismida boshlangan ishlar Qirgʻiziston chegarachilari talabiga koʻra toʻxtatildi.

TOSHKENT, 26 okt - Sputnik. Tojikiston va Qirgʻiziston chegarasida navbatdagi mojaro sodir boʻldi, deb xabar qilmoqda Aziya Plyus Tojikiston xavfsizlik qoʻmitasiga asosan. 

Maʼlum boʻlishicha, Isfara tumani Xoʻja Aʼlo qishlogʻi aholisi eski suv quvurlarini yangisiga almashtirayotgan vaqtida 25-30 nafar qirgʻiz chegarachilari ularga yaqin kelib ushbu joy bahsli hudud ekanini aytib, ishni toʻxtatishni talab qilishgan va odamlar tomon oʻt ochgan. "Baxtli tasodiq tufayli hech kimga zarar yetmadi, ishlar toʻxtatildi", - deyilgan Tojikiston rasmiy xabarida. 

Kg.24 agentligi xabariga koʻra,  Qirgʻiziston chegarachilari oʻz vakolati doirasida harakat qilgan. 

"Voqea joyiga yetib kelgan chegara otryadi, chegaraning belgilanmagan qismida ishlarni toʻxtatishni talab qilgan. Lekin Tojikiston fuqarolari bunga boʻy soʻnmagan va gap talashish boshlangan. Harbiylar sogʻligini saqlab qolish va mojaro kengayib ketishini oldini olish maqsadida chegarachilar osmonga oʻq uzishdi. Hozir ushbu huddudda ishlar toʻxtatilgan", - deyilgan Qirgʻiziston tomon rasmiy xabarida. 

Ayni damda Tojikiston va Qirgʻiziston tomon chegara xizmatlari va Ijroiya qoʻmitalari orasida ushbu hudud borasida muzokaralar olib borilmoqda. 

Asosiy mavzular