Izolyator o‘zgardi: Atambayev ochlik e’lon qildi

© REUTERS / Vladimir Pirogov"Ne dali vzat jivim ili mertvim": Atambayev sdelal zayavlenie
Ne dali vzat jivim ili mertvim: Atambayev sdelal zayavlenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev MXDQ izolyatoridan poytaxtdagi 1-tergov izolyatoriga olib o‘tilgani sababli ochlik e’lon qildi.

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining hibsxonasidan poytaxtdagi 1-tergov izolyatoriga ko‘chirilishi munosabati bilan ochlik e’lon qildi. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev RIA Novostiga ma’lum qildi.

Premyer-ministr Kirgizii Sadir Japarov  - Sputnik O‘zbekiston
Japarov Qirg‘iziston prezidenti saylovlarida nomzodini ilgari suradi
"U SIZO-1ga o‘tkazildi. Shu munosabat bilan u ochlik e’lon qildi", - dedi advokat.

MXDQ SIZO - Qirg‘iziston maxsus xizmatlari binosidagi tergov izolyatori hisoblandi. Odatda korrupsiyada gumon qilgan yuqori lavozimli mansabdor shaxslar, jamoat va milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi shaxslar, Davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan ushlangan - terrorchilar, ekstremistlar, chet ellik yollanma jinoyatchilar joylashtiriladi.

SIZO-1 - Bishkek markazidagi tergov hibsxonasi bo‘lib, u yerda poytaxt va Chuy viloyatida jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslar saqlanadi.

6 oktabrga o‘tar kechasi tartibsizliklar sharoitida sobiq prezident tarafdorlari tomonidan Milliy xavfsizlik idorasi qamoqxonasidan ozod qilingandi. Biroq, 10-oktabr kuni u yana maxsus xizmat xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Yangiliklar lentasi
0