18:27 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
472 0 0

Vladimir Putin AQShning Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish shartnomasidan (DRSMD) chiqishi jiddiy xato ekanini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 26 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish shartnomasidan (DRSMD) chiqishi jiddiy xato ekanini maʼlum qildi.

“Natijada oʻz kuchini yoʻqotgan AQShning Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish shartnomasidan chiqishini jiddiy xato deb hisoblaymiz”, - deyiladi Kreml matbuot xizmati chop qilgan bayonotda.

Taʼkidlanishicha, bu raketa bilan qurollanish poygasining avj olish xavfi va nazorat qilib boʻlmaydigan keskinlik oshishini kuchaytiradi.

Putin SNV-3 shartnomasini hech qanday shartlarsiz 1 yilga uzaytirishni taklif qildi

2019 yilda AQSH Rossiyani ushbu shartnomani shartlarini buzganlikda ayblab, undan chiqdi. Moskva bu ayblovlarni rad etdi va savol tugʻdirgan raketani namoyish qilish va bu mavzuni muhokama qilishga tayyorligini bildirdi. Ammo AQSH yon bermadi va bir tomonlama shartnomadan chiqdi

Asosiy mavzular