05:25 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
379 0 0

Rossiya Su-27 qiruvchisi Qora dengiz ustida Frantsiya HHKga qarashli ikkita qiruvchi-bombardimonchisini toʻxtatib qoldi.

TOSHKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiyaning Su-27 qiruvchisi Qora dengiz ustida Frantsiya HHKga qarashli ikki dona Mirage 2000 qiruvchi-bombardimonchisini toʻxtatib qoldi.

26 oktyabr kuni Janubiy harbiy okrugi  havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Qora dengiz ustidan davlat chegarasiga yaqinlashib kelayotgan 2ta havo nishonini aniqladi.

Samolyotlarni aniqlash va Rossiya davlat chegarasi buzilishini oldini olish uchun Su-27 qiruvchisi havoga koʻtarildi.

Rossiya qiruvchisi ekipaji Frantsiya harbiy-havo kuchlarining ikkita Mirage 2000 qiruvchi-bombardimonchisi ekanligini deb aniqladi va ularni Qora dengiz boʻylab kuzatdi.

Chet el harbiy samolyotlari Rossiya chegarasidan ortga qaytganidan soʻng, Su-27 bazaga qaytib keldi.

Su-27 parvozi havo hududidan foydalanish boʻyicha xalqaro qoidalarga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshirildi va Rossiya Federatsiyasining davlat chegarasini buzilishiga yoʻl qoʻyilmadi.

Asosiy mavzular