Bloger 13 mln rublga sotib olgan mashinani yoqib yubordi - video

CC0 / Unsplash / Florian Olivo / Legkovoy avtomobil v ogne. Illyustrativnoe foto
Legkovoy avtomobil v ogne. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik bloger Mixail Litvin narxi 13 million rubl bo‘lgan Mercedes GT63s avtomobilini yoqib yubordi.

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiyalik bloger Mixail Litvin narxi 13 million rubl bo‘lgan Mercedes GT63s avtomobilini yoqib yubordi.

O‘tgan yil may oyida bloger orzu qilgan 13 million rublga Mercedes-Benz AMG GT63S avtomobilini sotib oldi.

Taxminan 2 oy avval blogerning avtomobilida birinchi nosozlik yuzaga keladi - mashina yo‘lning o‘rtasida to‘xtab qoladi va panelda "chek" deb nomlangan yozuv paydo bo‘ladi.

Keyin mashina rasmiy dilerga olib borildi, u yerda muammo aniqlanib, tuzatildi. Birozdan keyin mashinada yana "chek" yozuvi paydo bo‘ldi va “avariya” rejimiga o‘tib qoldi.

“Mersedes kompaniyasi bilan mojarodan keyin “Akula"mni nima qilish kerakligi haqida uzoq vaqt o‘yladim”, - deb yozgan bloger.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili o‘zbekistonlik Laziz Hoshimov Mixail Litvin tomonidan tashkil etgan chellenjda Bentley mashinasini yutib olgandi.

Yangiliklar lentasi
0