18:45 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
22402

Xitoyning tijorat vaziri rahbari oʻrinbosari oʻzaro investitsiyalar hajmini oshirib, biznes muhitini yaxshilash, ishlab-chiqarish, qurilish, infratuzilma, xizmat koʻrsatish sohalarida hamkorlikni faol tarzda yaxshilashga chaqirdi

TOSHKENT, 27 okt — Sputnik. Xitoy YEOII bilan savdoni kengaytirishga tayyor, deb xabar qildi XXR tijorat vaziri oʻrinbosari Van Shouven.

U "Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Xitoyning "Bir kamar, bir yoʻl" tashabbusiga bagʻishlangan videoforumda chiqish qildi.

Vazir oʻrinbosari chiqishidan forum Telegram-kanali iqtibos keltirgan.

"Xitoy Ittifoq mamlakatlari bilan ishlashga, iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishga, XXR ulkan bozorga egaligini hisobga olgan holda ikkiyoqlama savdoni kengaytirishga tayyor. Shuningdek, oʻzaro investitsiyalarni oshirish, biznes muhitni faol yaxshilash, ishlab-chiqarish, qurilish, infratuzilma, xizmat koʻrsatish sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish muhim", - degan Shouven.

Uning fikricha, bu Xitoy - Yevropa kamari rolini kuchaytiradi. Xitoy - Yevropa temiryoʻl kamari institutsional mexanizmlari kiritilishini muhokama qilish, bir-birlarining istagini hisobga olgan holda bozorlar ochiqligini kengaytirish lozim.

Xitoy Yevroosiy mintaqasining gullab-yashnashi va eng yaxshi kelajagi uchun, qolaversa barcha chaqiriqlarni yengib oʻtish maqsadida Ittifoqning barcha mamlakatlari bilan ishlashga tayyor.

Asosiy mavzular