14:43 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
20910

"Istasang bu falakdan oyni olib beraman": AQSH oy resurslarini oʻzlashtirish niyatida, Rossiya va xalqaro huquq bunga qarshi.

TOSHKENT, 27 okt - Sputnik. Rossiya koinot resurslaridan foydalanish masalasini BMT darajasida muhokamaga olib chiqishga qaror qildi. Bunga AQShning oydagi foydali qazilmalarga qilinayotgan daʼvosi sabab boʻldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti "Roskosmos" xabariga asosan. 

"Ushbu masala BMT Koinot hududidan foydalanish komissiyasining yuridik qoʻmitasi kun tartibiga kiritildi", - deyilgan rasmiy xabarda. 

Eslatib oʻtamiz, 2020 yilning bahorida AQSH prezidenti amerikaliklarning oy resurslarini qazib olish huquqini tasdiqlovchi huquqini tasdiqlovchi farmonga imzo chekkan edi. Farmonga muvofiq AQSH yarim yil ichida ushbu masalani boshqa davlatlar bilan muhokama qilishi kerak.  

"Roskosmos" AQShning ushbu tashabbusini agressiv va xalqaro hamkorlikka zid deb atadi. Muassasa rahbari Dmitriy Rogozin buni AQShning Iroq va Afgʻonistonga bostirib kirish rejalari bilan taqqosladi. 

Maʼlumot uchun, oy va koinot jismlaridagi boshqa resurslardan foydalanish huquqlari BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1979 yilda tasdiqlangan Shartnomasida paydo boʻlgan edi. Unda "Oy hech qanday davlat tomonidan oʻzlashtirilishi, okkupatsiya qilinishi mumkin emas", - deyilgan. Lekin oʻsha vaqt ushbu shartnomani na SSSR na AQSH ratifikatsiya qilmagan edi. Undan tashqari hujjatda koinot resurslaridan tijorat tuzilmalari tomonidan foydalanish haqida hech narsa deyilmagan. 

 

Asosiy mavzular