16:29 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1296)
50910

Yevropa davlatlari COVID-19 tarqalishidan qoʻrqib, Yevropa Ittifoqidan voz kechishi mumkin - Vladimir Jirinovskiy.

TOSHKENT, 27 okt — Sputnik. Yevropa davlatlari COVID-19 tarqalishidan qoʻrqib, Yevropa Ittifoqidan voz kechishi mumkin. Bu fikrni Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy "Rossiya 24" telekanali efirida aytdi.

"Shengen zonasi qulaydi, chunki bir mamlakatdan boshqa davlatga kasallik olib kelishi Yevropa davlatlari aholisiga foyda keltirmaydi. Shuning uchun, ehtimol, chegara rejimlari qayta tiklanadi", - dedi Jirinovskiy.

Bundan tashqari, deputatning soʻzlariga koʻra, Yevropadagi davlatlar yaqin orada milliy valyutaga qaytishi mumkin.

"Ehtimol, yevro ham yoʻqolib ketadi. Taʼsir boʻlmasligi uchun har bir mamlakatda odamlar oʻz valyutalarini ishlatsin", - deb qoʻshimcha qildi parlament aʼzosi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1296)

Asosiy mavzular