19:14 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
116 0 0

Rossiyada yaqinda uchinchi vaktsina paydo boʻladi: "Sputnik V" va "EpiKakKorona"dan tashqari Chumakov nomli immunobiologiya markazi vaktsinasi.

TOSHKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiyaning “Vektor” vorusologiya markazi tomonidan ishlab chiqilgan "EpiVakKorona"vaktsinasi roʻyxatga olinganidan soʻng oʻtkaziladigan sinovlarga tayyorlanmoqda.    

“Bir necha mustaqil sinovlar oʻtkazish rejalashtirilmoqda: 18 yoshdan oshgan koʻngillilar, mutlaq sogʻlom va surunkali kasalligi boʻlganlar hamda katta yoshlilar orasida. Dastlabki tanlovda 3 ming kishi ishtirok etadi. Ikkinchi bosqichda 40 ming kishi, jumladan, 150 nafar 60 yoshdan katta va 14-17 yoshli koʻngillilar”, - deyilgan xabarda.

“Rospotrebnadzor” xabariga koʻra, ruxsatnoma olinganidan soʻng koʻngillilarni taklif qilish boshlanadi. Sinovlar noyabr oyida boshlanishi kutilmoqda. Vakitsnani ishlab chiqarish esa allaqachon boshlangan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi 11 avgust kuni "Sputnik V" vakitsnasini roʻyxatga olgan edi. Oktyabr oyining boshida "EpiVakKorona" – COVID-19ga qarshi ikkinchi  vaktsina roʻyxatga olingan edi.

Ayni damda Rossiyada uchinchi vaktsina ham klinik sinovlar darajasida. RFAning Chumakov nomidagi immunobiologik markazi tomoniidan yaratilgan vaktsina SARS-CoV-2 virusi asosida ishlab chiqilgan. Maxsus ishlov berilgan virus oʻzining infektsion xususiyatlarini yoʻqotib – immunitet uygʻotish xususiyatiga ega boʻlgan.

Asosiy mavzular