21:51 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
53810

Qodirovning taʼkidlashicha, Makron paygʻambarga chizilgan hajviy rasmlar dindorlar tomonidan qanchalik ogʻir qabul qilinishini bilmaydi. U oʻzining xatti-harakatlari bilan olovni oʻchirmayapti, aksincha uni alanga oldirmoqda.

TOSHKENT, 27 okt — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Frantsiya prezidenti Emmanuel Makronni “eʼtiqodga malomat yogʻdirishni bas qilishga” chaqirdi va uni odamlarni terrorizmga Frantsiya hukumatining hozirgi xatti-harakati va shaxsan mamlakat prezidenti undayotgani haqida ogohlantirdi.

Qodirovning taʼkidlashicha, Makron paygʻambarga chizilgan hajviy rasmlar dindorlar tomonidan qanchalik ogʻir qabul qilinishini bilmaydi. U oʻzining xatti-harakatlari bilan olovni oʻchirmayapti, aksincha uni alanga oldirmoqda.

Checheniston rahbarining soʻzlariga koʻra, Makron va Yevropa mamlakatlarining boshqa yetakchilari “din”, “madaniyat”, “axloq” kabi tushunchalarga hurmat bilan munosabatda boʻlmas ekan, ularning davlatlarida munosib kelajak va tartib boʻlmaydi. Dinga boʻlgan tahqirli munosabat, uning ustidan kulishni ular soʻz erkinligi deb hisoblashadi, biroq oʻzlari boshqa kishilar  qadriyatlariga chang solishadi.

“Hozircha kech emas ekan, eʼtiqodga malomat yogʻdirish va igʻvolarni bas qil, Makron. Boʻlmasa tarixga ahmoqona qarorlarni qabul qilgan prezident sifatida kirasan. Sening hajviy rasmlarni chop qilish haqidagi absurd pozitsiyaningni nafaqat butun dunyo musulmonlari, balki sogʻlom fikrli har qanday boshqa din vakillari ham qoralamoqda”, - deya yozgan Qodirov oʻzining telegram kanalida.

U eʼtiqod ustidan kulish Parij yaqinidagi oʻqituvchining ayanchli taqdiriga sabab boʻlgan deb hisoblaydi.

“Nima ham derdim, Makron, agar sen uni terrorchi deb atasang, unda sen yuz karra yomonsan, axir sen terrorizmga majburlayapsan, odamlarni unga undamoqdasan, tanlov qoldirmayapsan, yoshlar miyasida ekstremistik  gʻoyalar ekishga sharoit yaratmoqdasan. Sen qoʻrqmasdan oʻzingni mamlakatingda terrorizmning lideri va ilhomlantiruvchisi deb aytishing mumkin”, - deya soʻzlariga yakun yasagan u.

Avvalroq Makron Frantsiyada separatizmga qarshi kurash borasida katta nutq bilan chiqish qildi va respublika qadriyatlarini mustahkamlashga qaratilgan qonunchilik loyihasi 9 dekabrda taqdim etilishini aytgan edi.

Parij musulmon davlatlaridan frantsuz tovarlari boykotini toʻxtatishni talab qildi

Makron Frantsiya musulmonlar kengashi bilan birgalikda, mamlakatda "maʼrifatli islomni" qurishga yordam beradigan tashkilotni yaratish zaruriyati gʻoyasini ilgari surdi. Bunday harakatlarga Muhammad paygʻambarga chizilgan karikaturalarni namoyish qilgan va keyinchalik bu harakati uchun oʻldirilgan oʻqituvchi hodisasi sabab boʻlgan edi.

Charlie Hebdo karikaturalari uchun qasos: Parijda oʻqituvchi boshidan judo qilindi

Xususan, Makron Frantsiya bunga oʻxshash hajviy suratlarni chop etishni davom ettirishini tasdiqlagan edi.

Asosiy mavzular