07:37 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
92341

Charlie Hebdo oʻz jurnalining muqovasida Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdogʻanga chizilgan hajviy suratni chop etdi.

TOSHKENT, 28 okt — Sputnik. Parij va Anqara oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashuvi fonida Charlie Hebdo oʻz jurnalining muqovasida Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdogʻanga chizilgan hajviy suratni chop etdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Suratda Turkiya yetakchisi yarim yalangʻoch koʻrinishda tasvirlangan, u kresloda oʻtirgani, oʻng qoʻlida ichimlik ushlagani, boshqa qoʻli bilan oqsoch ayolning kiyimining etagini koʻtargani aks etgan. Karikaturaga "Erdogʻan shaxsiy hayotida juda oʻynoqi" degan izoh yozilgan.

"Anqara Frantsiyaning Charlie Hebdo jurnalida Turkiya yetakchisi Tayyib Erdogʻanning karikaturalarini nashr etilishini qoralaydi va ularni Frantsiya prezidenti Emmanuel Makronning "Musulmonlarga qarshi dastur"ning mahsuli deb biladi," - dedi Turkiya prezidenti administratsiyasi aloqa departamenti rahbari Fahrettin Altun.

"Frantsiya prezidenti Makronning musulmonlarga qarshi dasturi oʻz samarasini bermoqda! Charlie Hebdo ehtimol bizning prezidentimiz deb aytilayotgan, haqoratli suratlarni nashr etdi. Biz bu nashrning madaniy irqchilik va nafrat tarqatishga qaratilgan jirkanch urinishini qoralaymiz", - deb yozdi Altun Twitterda.

Uning taʼkidlashicha, "irqchilik, ksenofobiya, islomofobiya va antisemitizm igʻvolar Turkiyani javob harakatlarini amalga oshirishga qoʻzgʻata olmaydi".

"Bizning madaniyatimizga nisbatan bunday masʼuliyatsiz va bemaʼni hujumlar faqat irqchilik va kamsitishlarni keltirib chiqaradi. Biz barcha aql-idrokli yevropalik doʻstlarni bu kabi ibtidoiy madaniy irqchilik, intellektual bepushtlik va madaniyatsiz munozaraga qarshi zarba berishga chaqiramiz", - deb qoʻshimcha qildi Altun.

Asosiy mavzular