Vashingtonda politsiyachilarga qarshi yangi noroziliklar avj oldi

Obuna bo‘lish
Vashingtonda yuz bergan halokatli avariyadan so‘ng avj olgan protekstlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Vashington shtati Kolumbiya okrugida avariya oqibatida moped haydovchisining o‘limi hodisasidan so‘ng yuz bergan protest aksiyalari, politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Bu haqda RIA Novosti Washington Postga tayangan holda xabar bermoqda.

Protestuyushie s plakatom i v zashitnix maskax v Minneapolise, SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh tanazzul yilnomasi: bolalar politsiyadan qo‘rqishga o‘rgatilmoqda

Fojiali hodisa juma kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 22.10da yuz bergan. Xabarlarga ko‘ra, politsiyachilar shlemsiz elektr mopedni boshqarib borayotgan odamni ko‘rib qolishgan va qoidabuzarni to‘xtatishga uringanlar, ammo shu vaqtda moped boshqa bir transport bilan to‘qnashib ketgan. Avariya oqibatida moped haydovchisi halok bo‘lgan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, motosiklchi kasalxonada jon bergan.

Moped haydovchisining vafoti shaharda norozilik aksiyalarini yuzaga keltirgan. Miting ishtirokchilari hodisa tafsilotlarini bilishni istashgan. Tartibsizliklar davomida namoyishchilar politsiya uchastkasi binosida oynalarni sindirib, bir nechta axlat qutilarini ag‘darishgan. Shuningdek, namoyishchilar huquqni muhofaza qilish organlariga qarata turli predmetlarni uloqtirishgan. Kamida bir nafar politsiyachi jabrlangan, bir kishi qo‘lga olingan.

Kolumbiya okrugi politsiya rahbari Piter Nyushem tergov tomonidan surishtiruv o‘tkazilishi va halok bo‘lgan inson ta’qib qilinishi fakti bo‘lgan-bo‘lmagani, uning o‘limi asl sababini aniqlashtirilishi zarurligini qayd etgan.

Yangiliklar lentasi
0