15:51 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
374 0 0

Temirbek Asanbekovning taʼkidiga koʻra, hukumat muloqot qilishi lozim, aks holda, yangi siyosiy blok "qonun himoyasi uchun" mitingga chiqadi.

TOSHKENT, 28 okt — Sputnik. Qirgʻizistonda "Umut" jamoat-siyosiy harakati tashkil qilindi. Uning tarkibidan: "Meken intimagi", "Islohot", "Bүtүn Qirgʻiziston", "Zamondosh", "Sotsial-demokratlar" partiyalari, "Qirgʻiziston yoshlari" siyosiy tashkiloti, "Kalыs" harakati va yoshlar harakati rahbari Chingiz Makeshov oʻrin oldi. Bu haqda "Meken intimagi" yetakchisi Temirbek Asanbekov xabar bergan.

Yangi harakat "hukumatning alohida siyosiy guruhlar va shaxslar tomonidan uzurpatsiya qilinishi tendentsiyalari" yuzasidan tashvish bildirishgan.

Sputnik Qirgʻiziston nashrining yozishicha, partiyalar rezolyutsiya qabul qilib, prezident v.b. Sadir Japarov va Jogorku Kenesh deputatlariga quyidagi talablarni ilgari surishgan:

2020 yilning 20 dekabriga qadar parlament saylovlari haqqoniy va erkin oʻtishini taʼminlash;

Prezident v.b Sadir Japarovga — saylovda ishtirok etish uchun garov pasaytirilishi, saylovda ishtirok etish boʻyicha cheklovlar hamda №2 raqamli forma oʻzgarishini nazarda tutuvchi "QR prezidenti saylovlari va QR Jogorku Kenesh deputatlari saylovlari toʻgʻrisida Konstitutsiyaviy qonunlarga oʻzgartishlar kiritish";

2020 yil 4 oktyabrda saylovoldi davri va saylov kuni harakat qilgan Bosh prokuratura, IIV va GNKB rahbarlarini qonunbuzarliklarning oldini olishda ogohlantirish singari choralarni qoʻllamaganligi, harakatsizligi hamda sotilish va maʼmuriy resurslardan foydalanish singari qonunbuzarlik holatlari uchun javobgarlikka tortish;

QR MSQ amaldorlariga nisbatan noqonuniy bosim va tahdidlarni toʻxtatish;

Jogorku Kenesh konstitutsiyada belgilangan besh yillik muddat oʻtganligi bois tarqatilishi lozim;

MSQ 4 oktyabrdagi saylovlarda ishtirok etgan partiyalarga saylov garovini qaytarishi kerak;

Hukumat muloqotga borishi lozim, aks holda yangi siyosiy blok "qonun himoyasi" uchun mitingga chiqishi mumkin, deb taʼkidlagan Asanbekov.

Asosiy mavzular