15:20 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
253 0 0

Rossiya prezidenti Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish shartnomasi (DRSMD) toʻxtashi sharoitida keskinlikka barham berishni taklif qildi.

TOSHKENT, 28 okt — Sputnik. Rossiya TIV Gʻarbdagi hamkorlar Rossiyaning Yevropada vaziyatni barqarorlashtirishga boʻlgan urinishlariga eʼtiborsizlik bildiryapti deb hisoblaydi.

26 oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish shartnomasi (DRSMD) toʻxtashi sharoitida keskinlikka barham berishni taklif qildi. Putin oʻzaro tamoyillarga asoslangan toʻxtatish vositalarini ishlab chiqishga chaqirdi. Yevropa ushbu tashabbusga ishonchsizlik bilan munosabat bildirdi. Xususan, Berlin bunday gʻoyalar "ishonchga loyiq emasligini" aytdi.

"Birinchi salbiy signallarni, yetarlicha mulohazasiz, aynan Yevropadan eshitmoqdamiz", - dedi RIA Novosti bilan suhbatda Rossiya TIV rahbarining oʻrinbosari Sergey Ryabkov.

"Bildirilgan takliflarning jiddiyligi ularni atroflicha oʻrganishni talab qiladi. Bu takliflarning teranligi obdon anglashni talab qiladi. Bu Rossiya Federatsiyasi rahbariyatining Yevropada yangi "raketa inqirozi" yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik nuqtai nazaridan u yerda harbiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga yoʻl topishga qaratilgan kayfiyatining ifodasidir", - dedi Ryabkov.

Putin AQShning DRSMDdan chiqishini jiddiy xato deb atadi

DRSMD global strategik barqarorlikni taʼminlashga undardi. 2019 yilda AQSH Rossiyani ushbu shartnomani shartlarini buzganlikda ayblab, undan chiqdi. Moskva bu ayblovlarni rad etdi va savol tugʻdirgan raketani namoyish qilish va bu mavzuni muhokama qilishga tayyorligini bildirdi. Ammo AQSH yon bermadi va bir tomonlama shartnomadan chiqdi.

Asosiy mavzular