06:11 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
70910

Frantsiyaning janubi-sharqidagi Izer departamentidagi A7 avtomagistralida arman va turs diaspora vakillari oʻrtasida mushtlashuv yuz berdi.

TOSHKENT, 28 okt — Sputnik. Arman diasporasi vakillari bugun ertalab Frantsiyaning janubi-sharqidagi Izer departamentidagi A7 avtomagistralida transport vositalarini toʻsib qoʻyishdi. Namoyish paytida turk diaspora vakillari bilan mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda RIA Novosti Dauphiné Libéré gazetasiga asosan xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, namoyish mahalliy vaqt bilan soat 07.15 da boshlandi. Natijada Revanten-Vogri kommunasi hududida har ikki yoʻnalishda transport harakati toʻsib qoʻyildi. Ayni vaqtda bu nazorat punktida katta tirbandlik hosil boʻldi: Lion-Vena yoʻnalishida 5 km va Marsel-Lion yoʻnalishida 3 km.

Namoyish arman diasporasi tomonidan uyushtirildi: ertalab bu yerga oʻnlab mashinalar yetib keldi, namoyishchilarda Armaniston bayroqlari boʻlgan. Diaspora vakillari Togʻli Qorabogʻni xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishini talab qilmoqda.

Voqea joyida turk diasporasi vakillari ham yetib keldi, ular oʻrtasida mashtlashuv boshlandi, buning oqibatida 4 kishi jarohat oldi.

Mojaro ishtirokchilari pichoq qoʻlladi, bir kishiga bolgʻa bilan zarba berildi.

Voqea joyiga politsiya va oʻt oʻchiruvchilar yetib kelishdi va jabrlanganlarga shoshilinch yordam koʻrsatildi. Bir kishi shifoxonaga olib kelindi, 3 kishi yengil jarohat oldi.

Prokuratura qurol qoʻllash holati boʻyicha tergov boshladi.

Asosiy mavzular