07:09 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
255 0 0

Hozirda xoʻroz janglari mamlakatda pandemiya tufayli taʼqiqlangan. Politsiyachilar ushbu taʼqiqni buzgan joyda reydni amalga oshirayotgan boʻlgan.

TOSHKENT, 29 okt — Sputnik. Filippinlarda jangchi xoʻroz uy jonivorlarining noqonuniy janggiga chek qoʻyishga uringan politsiyachini oʻldirdi, deb xabar bermoqda ABS News.

Hodisa oʻtgan dushanbada Shimoliy Samar provintsiyasida yuz bergan. Politsiya leytenanti Kristin Bolok noqonuniy tarzda uyushtirilgan xoʻroz janglariga qarshi reydda ishtirok etgan. "Oblava" vaqtida xoʻrozlardan biri politsiyachining chap oyogʻiga zarba bergan. Parrandaning oyogʻida poʻlatdan yasalgan shpora (pix) boʻlgan. Oqibatda, politsiyachi oyogʻi son arteriyasi yirtilgan. Huquq posboni kasalxonaga yetib borguncha koʻp qon yoʻqotish oqibatida vafot etgan.

Yuz bergan hodisadan soʻng uch kishi hibsga olingan, yettita xoʻroz musodara qilingan. Uch nafar shaxs qochgan va qidiruvga berilgan. Qotil-xoʻroz taqdiri nomaʼlum.

Xoʻroz janglari - Filippinlarda eng ommabop boʻlgan koʻngilochar voqealardan hisoblanadi. Oʻyin gʻolibga katta pulllarni tikadigan muxlislar toʻdasini toʻplaydi. Bunday janglarni litsenziyasi bor muassasalarda yakshanba va bayram kunlari uyushtirishga ruxsat berilgan. COVID-19 pandemiyasi vaqtida zoʻroz janglari butkul taʼqiqlangan edi.

Asosiy mavzular