COVID “ispanka” grippiga nimasi bilan o‘xshaydi – infeksionist javobi

© AP PhotoIzobrajenie novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV
Izobrajenie novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimlar qiziqarli nazariyani ilgari surishdi, unga ko‘ra har 100-yilda insoniyat jiddiy kasallik tarqalishiga duch keladi.

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Yaqinda olimlar qiziqarli nazariyani ilgari surishdi, unga ko‘ra har 100-yilda insoniyat jiddiy kasallik tarqalishiga duch keladi.

Jumladan, 1918-1920 yillarda "ispan grippi" umumiy pandemiyasi yuz berdi. O‘sha vaqtda taxminan 100 million kishi grippning qurboniga aylandi - Yerning deyarli har uchinchi kishisi.

Joriy yil COVID-19 pandemiyasi tarqalishi bilan esda qoladi, u bugungi kunda sayyoraning 44 million aholisida aniqlandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusdan 1,17 million kishi vafot etdi.

Holbuki, olimlar koronavirus va ispan grippi o‘rtasida ma’lum bir o‘xshashlikni qayd etishmoqda.

"Bu (COVID-19. - Sputnik), shuningdek, nafas olish bilan bog‘liq bo‘lgan infeksiyasi bo‘lib, u havodagi tomchilar bilan yuqadi. Shuning uchun, albatta, tarqalishda umumiy xususiyatlar mavjud", - dedi RF Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh infeksionisti, professor Vladimir Chulanov.

Biroq, mutaxassis COVID-19 qo‘zg‘atuvchisi epidemik salohiyati grippga qaraganda ancha yuqori ekanligini ta’kidladi.

"Bugungi davrda koronavirusning epidemik salohiyati gripp virusiga qaraganda yuqori deb ayta olamiz. Buni, hech bo‘lmaganda, tarqalish indeksidan ko‘rish mumkin, bu cheklov choralarisiz 4-5, ya’ni yuqori. Kasallik yuqumligi yuqori", - deb qo‘shimcha qildi ekspert.

Mana shuning uchun koronavirus infeksiyasi butun dunyoga tez tarqaldi va pandemiya ko‘rsatkichiga yetdi, deb xulosa qildi Chulanov.

Yangiliklar lentasi
0