18:56 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
552 0 0

Mutaxassisning qayd etishicha, koʻrshapalaklar, masalan, tulki va tipratikon singari boshqa yovvoyi jonivorlarga qaraganda xavfliroq emas

TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. Rospotrebnadzor mutaxassislari Rossiyadagi koʻrshapalaklarda koronavirusni aniqladilar, ammo bu qaysi tipdagi virusligi haqida gapirishga hali erta, deb xabar qilgan RIA Novostiga Rospotrebnadzor vakili Anna Speranskaya.

Avgust oyi oxirida Rospotrebnadzor Rossiyaning turli regionlarida mavjud koʻrshapalaklarda koronavirusni aniqlash boʻyicha tadqiqot boshlagan edi. Ushbu loyiha viruslar va epidemik xatarlar tarqalishi ehtimoliy yoʻllarini baholashga yordam berishi kerak.

"Rossiyada yashovchi koʻrshapalaklarda allaqanday (aynan qanday turdagi, hozircha nomaʼlum) koronaviruslar bor. Aynan qandayligi - tadqiqotda aniqlanadi. Shuningdek, tadqiqot "shu bahonada topilgan" bir qator boshqa viruslar genomlari ketma-ketligini aniqlash imkonini berdi", - dedi Speranskaya.

Mutaxassisning qayd etishicha, koʻrshapalaklar, masalan, tulki va tipratikon singari boshqa yovvoyi jonivorlarga qaraganda xavfliroq emas. Chunki bu yovvoyi hayvonlar ham inson uchun xavfli boʻlgan viruslar tashuvchilari boʻlishi mumkin. Inson koʻrshapalaklarni qoʻli bilan teginmaslikka harakat qilsa, ularning iniga suqilmasa, ular yashaydigan joylarni xonavayron qilmasa, shuning oʻzi yetarli, deya tushuntiradi Speranskaya.

Koʻrshapalaklar ustidan tadqiqotlar hali yakunlangani yoʻq, u ikki yilcha davom etadi, deb taʼkidladi mutaxassis.

Asosiy mavzular