Yovuzlik xudosi: Yerga xavf solayotgan asteroidda jiddiy o‘zgarish aniqlandi

© Depositphotos.com / MilangucciPlaneta okrujennaya asteroidami
Planeta okrujennaya asteroidami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gavayi universiteti olimlari Yerga tahdid solayotgan Apofis asteroid harakatida xavfli hodisani aniqladilar.

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Gavayi universiteti Astronomiya instituti olimlari 2068-yilda fazoviy jismining Yer bilan to‘qnashuv ehtimolligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan Apofis asteroidi harakatida o‘zgarishlarni aniqladi. RIA Novosti xabariga asosan.

Asteroid v kosmose na fone zemli. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Muzlatgich kattaligidagi asteroid Yerga tushishi mumkin

Asteroidni kuzatish jarayonida tadqiqotchilar Apofis Yarkovskiy effekti tufayli o‘z orbitasidan yiliga 170 metrga uzoqlashayotganini aniqladilar, bunda issiqlik nurlanish tufayli kunduzi isinib, kechasi sovish impulsi tufayli asteroid reaktiv kuchlanish oladi.

Bu effekt aniqlashidan oldin, olimlar 2068-yilda asteroidning yer bilan to‘qnashuvi imkonsiz deb hisoblashgan, ammo endi olimlar qo‘shimcha tadqiqot o‘tkazishlari kerak.

Diametri 325 metr bo‘lgan Apofis asteroidi 2004-yilda aniqlangan. Bu kashfiyot shov-shuvga sabab bo‘ldi - hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, qadimgi Misrning yovuzlik va halokat xudosi sharafiga nomlangan – Apofis asteroidi 2029-yilda Yer bilan to‘qnashishi mumkin, bu ehtimol 2,7 foizga teng.

Keyinchalik olimlar ushbu tahdidni rad etishdi, 2029-yil 13-aprelda asteroid Yer markazidan 37,6 ming kilometr uzoqlikda uchib o‘tishini hisoblashdi.

Yangiliklar lentasi
0