Tojikistonda prezident Rahmonning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi

© Ofitsialniy sayt prezidenta RTPrezident Tadjikistana Emomali Raxmon
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Juma, 30-oktabr kuni, Dushanbeda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi. Prezident "Kohi Somon" binosida parlament va hukumat a’zolari oldida qasamod so‘zlarini aytdi

TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Dushanbeda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi, unga prezidentlik ramzlari topshirildi, deb xabar beradi Sputnik Tojikiston nashri.

Vibori prezidenta v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonda prezident saylovlari natijalari e’lon qilindi

Prezident "Kohi Somon" binosida parlament va hukumat a’zolari qarshisida qasamod so‘zlarini aytdi.

So‘ngra Rahmon bayram kortejida Do‘sti markaziy maydoniga yo‘l oldi, bu yerda u "Ismoil Somoniy" yodgorligiga gulchambar qo‘ydi va Tojikiston Qurolli kuchlari respublika prezidentiga qasamod qilishdi.

Tojikiston prezidenti inauguratsiyasidan barcha davlat kanallarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilindi.

Tantanali paradda ishtirok etish uchun maydonda 7 mingdan ziyod turli qo‘shinlar harbiy xizmatchilari to‘planishgan edi.

Inauguratsiya kuni Tojikiston poytaxtida quyoshli va iliq bo‘ldi, deb yozadi nashr.

Vizit Emomali Raxmona v institut Vostokovedeniya RAN - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmonga uyushtirilgan sui’qasd kadrlari e’lon qilindi

Paradda shuningdek, mamlakat milliy armiyasi ham ishtirok etib, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga o‘z sadoqati haqida qasamod qildilar.

Tojikiston prezidenti o‘z lavozimiga kirishish oldidan aytadigan qasamod so‘zlarida an’anaviy tarzda Tojikiston fuqarolari huquqlarini hurmat qilish, Konstitutsiyani, davlat birligini himoyalashga va xalqqa sidqidildan to‘g‘ri xizmat qilish haqida gapirdi.

So‘ngra Rahmon "Millat saroyi"ga yo‘l oldi, bu yerda unga prezidentlik ramzlari topshirildi.

Sal avval Emomali Rahmon Tojikiston prezidenti saylovlarida beshinchi marotaba g‘olib bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Mamlakatda saylovlar 11-oktabr kuni o‘tkazilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0