16:28 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
601 0 0

"Hamma namuna qilib koʻrsatadigan oʻsha Shvetsiyani olaylik. Ajoyib kartina: virus ozodlikka qoʻyib yuborilgan. Bu immun qatlamiga erishish uchun yaxshi printsip, bunda epidemiya oʻzi toʻxtaydi, deydi shifokor

TOSHKENT, 30 okt - Sputnik. Immunolog koronavirus pandemiyasi boshqa davlatdagilardan ertaroq yakunlanadigan mamlakat nomini aytdi, deb xabar beradi Sputnik radiosi.

"Shvetsiya immun qatlami 60-70%ga yetadigan birinchi davlatga aylanishi mumkin, bu koronavirus pandemiyasi yakunlanishi uchun yetarli sanaladi", degan fikrni bildirdi RIA Novosti bilan suhbatda immunolog-shifokor, oʻta xavfli infektsiyalar boʻyicha mutaxassis Vladislav Jemchugov.

"Hamma namuna qilib koʻrsatadigan oʻsha Shvetsiyani olaylik. Ajoyib kartina: virus ozodlikka qoʻyib yuborilgan. Bu immun qatlamiga erishish uchun yaxshi printsip, bunda epidemiya oʻzi toʻxtaydi. Ular toʻxtamaslikka va bor tezlikda harakatlanishga qaror qilishdi, ammo bir vaqtning oʻzida ular aksariyat ogʻir bemorlarni qutqarish uchun apparatlari, reanimatsiya palatalari, kislorod, dorilari yetishiga, yaʼni oʻz tibbiyotiga ishonishgan edi", - dedi Jemchugov.

Ayni vaqtda, ekspert soʻzlariga koʻra, Shvetsiyada aniqlangan koronavirus holatlari chindan ham koʻp, biroq, shu bilan birga qurbonlar ozchilikni tashkil etmoqda.

"Meni fikrimcha, Shvetsiya (immun qatlami) 60-70%ga chiqadigan birinchi davlat boʻladi, sababi, u yerda bemorlanadigan odamning oʻzi qolmaydi, hamma kasal boʻladi", – dedi Jemchugov, bu pandemiya yakun topadigan koʻrsatkich ekanligini eslatgan holda.

Asosiy mavzular