16:24 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
77420

Pandemiya davrida tugʻilgan kunini dabdabali nishonlagani uchun teleyulduz Kim Kardashyan internetda tanqidga uchradi.

TOSHKENT, 30 okt — Sputnik. Oʻtgan hafta 21 oktyabr kuni amerikalik teleboshlovchi, supermodel, aktrisa Kim Kardashyan oʻz yubileyini nishonladi. U 40 yoshni qarshiladi.

U tugʻilgan kuni nishonlash maqsadida xususiy orolni ijaraga olib, dabdabali bazm uyushtirdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Tadbirda Kendall, Xloi va Kortni singillari, onasi Kris Jenner, oilaning yaqin doʻsti, Fay Xadra, biznesmen Saymon Xuk va boshqalar mehmon boʻldi.

Kardashyan bazmda tasvirga olingan suratlar bilan ijtimoiy tarmoqlarda oʻrtoqlashdi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Kim Kardashian West (@kimkardashian)

Instagramda Kim Kardashianning bayramona posti 5,3 milliondan ortiq "layk" toʻplaganiga qaramay, koʻplab foydalanuvchilar koronavirus pandemiyasi vaqtida dabdabali bazm qilgani uchun uni tanqid qilishdi.

Asosiy mavzular