06:36 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
193550

Rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmagomedov Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron va boshqa frantsiyalik vakillarining soʻzlarini keskin tanqid qilganlar safiga qoʻshildi.

TOSHKENT, 30 okt — Sputnik. Rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmagomedov Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron va boshqa frantsiyalik vakillarining soʻzlarini keskin tanqid qilganlar safiga qoʻshildi. Sport-RIA Novosti xabariga asosan.

Sportchi "ular soʻz erkinligi shiori ostida bir yarim milliarddan ziyod musulmonlarning his-tuygʻularini haqorat qildi", - deb hisoblaydi.

"Biz musulmonmiz, Paygʻambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)ni onalarimiz, otalarimiz, farzandlarimiz, xotinlarimiz va qalbimizga yaqin boʻlgan barcha odamlardan koʻra koʻproq yaxshi koʻramiz. Ishoninglar, bu provokatsiyalar ularga yomonlik bilan qaytadi", - deb yozgan Nurmagomedov.

Sportchi Makronning ismini tilga olmagan, ammo postga quyidagi suratni ilova qildi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Khabib Nurmagomedov (@khabib_nurmagomedov)

Eslatib oʻtamiz, oktyabr oyi boshida Makron Frantsiyadagi diniy separatizmga qarshi katta nutq bilan chiqish qilgan va respublika qadriyatlarini kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik loyihasi 9 dekabrda taqdim etilishi haqida xabar bergan edi.

Frantsiya yetakchisi "Frantsiyani chet el taʼsiridan ozod etish" va masjidlar moliyalashtirilishi ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi xususida fikr bildirdi.

Frantsiya prezidenti Charlie Hebdo satira jurnalida sentyabr boshida Muhammad paygʻambarga chizilgan karikaturalarga izoh berar ekan, mamlakatda shakkoklik qilish erkinligi mavjudligini alohida taʼkidlagan edi. Tarix muallimi Samyuel Pati qotilligidan soʻng Makron Frantsiyada karikaturalar chop etilishidan voz kechilmasligini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular