Turkiya va Gretsiyada kuchli zilzila yuz berdi - video

© REUTERS/Tuncay DersinliogluZemletrasenie v Tursii
Zemletrasenie v Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyaning g‘arbiy qismida 6,6 balli zilzila yuz berdi - Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD).

TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Turkiyaning g‘arbiy qismida 6,6 balli zilzila yuz berdi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD).

Zilzila episentri Izmir viloyatining Seferixisar shahri hududida joylashgan.

OAV va guvohlarning xabar berishicha, zilzila kuchi mamlakat g‘arbidagi turli viloyatlarda va Istanbulda sezilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 4 kishi halok bo‘ldi, 120 kishi jarohatlandi.

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Twitter’da 6 bino zarar ko‘rganini ma’lum qildi.

Avvalroq Gretsiyadagi Dodekan orollarida 6,6 balli zilzila qayd etilgani haqida xabar berilgan edi. Afina universiteti seysmik laboratoriyasining ma’lumotlariga ko‘ra, manba Samosdan 24 kilometr shimoli-g‘arbda, 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Afinada ham zilzila sezilgan.

Yangiliklar lentasi
0