07:04 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
690 0 0

Oktyabr oyi boshida Makron mamlakatda shakkoklik qilish erkinligi mavjudligi haqida bayonot qilgan. Frantsuz yetakchisining pozitsiyasi islom dunyosida oʻta ziddiy negativ reaktsiyani keltirib chiqargan, musulmon davlatlari frantsuz tovarlari boykoti kampaniyasini boshlashgan.

TOSHKENT, 31 okt - Sputnik. Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron u frantsuz matbuotida Muhammad paygʻambarga eʼlon qilingan karikaturalar tufayli musulmonlarning tuygʻularini tushunishini, ammo bu karikaturalar nashri ortida hukumat emas, balki mustaqil OAVlar turganini aytdi.

Makron bu soʻzlarni "Al-Jazira" telekanaliga bergan intervyusida aytgan.

Makron oʻz chiqishiga musulmon dunyosi munosabatini "uning nutqi buzib koʻrsatilgani va notoʻgʻri tushunishgani, goʻyoki Makronni ushbu karikaturalar tarafdori sifatida koʻrishgani" bilan bogʻlagan.

Makronning soʻzlariga koʻra, musulmonlar koʻproq islomni buzib koʻrsatuvchilar hatti-harakatlaridan aziyat chekadilar. "Islomni buzib koʻrsatuvchi va shu din nomidan uni himoya qilishga daʼvat qiluvchi odamlar bor", - deb qoʻshimcha qilgan Frantsiya prezidenti.

Oʻtgan payshanbada, butun musulmon dunyosi Muhammad paygʻambar tavallud kunini nishonlayotgan kunda, tunislik erkak Nitstsadagi Notr-Dam cherkovida uch kishini soʻydi va yana bir nechasini yaraladi. Hujumni amalga oshirgan shaxs tezda qoʻlga olindi, u jarohatlangan. Nitstsa meri Kristian Estrozi hujum qilgan kishi "Allohu akbar", deya takrorlaganini, bu esa jinoyatni terakt sifatida malakalashga imkon berishini taʼkidladi.

Bu soʻnggi ikki hafta ichida Frantsiyada yuz bergan ikkinchi hujumdir: 16 oktyabr kuni Parij yaqinidagi Konflan-Sent-Onorin komunnasida tarix oʻqituvchisi Samyuel Pati boshidan judo qilingan edi. Qotillik muallim dars bergan maktab oldida roʻy bergan. Sal avval darsda soʻz erkinligi muhokama qilingan, Pati dars davomida Charlie Hebdo jurnalida Muhammad paygʻambarga bosilgan karikaturalarni namoyish qilgan.

Muallimning milliy dafn marosimida Makron Frantsiya soʻz erkinligini himoya qilishda davom etishini va "soʻz erkinligi sharafiga" karikaturalardan voz kechmasligini aytgan. Shu bilan birga, u, islom dini har yoqda inqirozni boshdan kechirayotganini esga olgan. Shundan soʻng, Frantsiyadagi ayrim maʼmuriy binolarda Muhammad paygʻambarga qilingan karikaturalarning videoproyektsiyasi paydo boʻlgan.

Qodirov: Charlie Hebdo karikaturalarining matbuot erkinligiga dahli yoʻq >>>

Oktyabr oyi boshida Makron mamlakatda shakkoklik qilish erkinligi mavjudligi haqida bayonot qilgan. Frantsuz yetakchisining pozitsiyasi islom dunyosida oʻta ziddiy negativ reaktsiyani keltirib chiqargan, musulmon davlatlari frantsuz tovarlari boykoti kampaniyasini boshlashgan.

Asosiy mavzular