22:59 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
792 0 0

Qirgʻiziston Markaziy saylov komissiyasiga toʻrt kishi oʻz nomzodini ilgari surish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qildi. Avvalroq prezident v.b. Japarov ham saylovlarda ishtirok etmoqchi ekanini maʼlum qilgandi.

TOSHKENT, 1 noya — Sputnik. 31 oktyabr holatiga koʻra Qirgʻiziston Markaziy saylov komissiyasiga toʻrt kishidan mamlakat prezidenti lavozimiga oʻz nomzodini ilgari surish toʻgʻrisidagi ariza kelib tushdi.

Sputnik Qirgʻiziston nashri xabariga koʻra, quyidagilar davlat rahbari lavozimiga daʼvogarlik qilmoqda:

  • Adaxan Madumarov — “Butun Qirgʻiziston” partiyasi yetakchisi;
  • Arstanbek Abdildayev —“Aurdin” MCHJ direktori;
  • Kuban Choroyev — “Qadimiy koʻchmanchi tamadduni” Tarixiy-madaniy meros va maʼnaviyatni qayta tiklash” jamgʻarmasi boshqaruvchi raisi;
  • Nazarbek Nishanov — “Lider-Antikrizis” jamoatchilik tashkiloti prezidenti.

Avvalroq Qirgʻiziston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Sadir Japarov isteʼfoga chiqishi va davlat rahbari saylovlarida ishtirok etishini maʼlum qilgandi.

Qirgʻizistonda prezident saylovlari 2021 yil 10 yanvar kuni boʻlib oʻtishi kerak.

Teglar:
Sadir Japarov, saylovlar, Qirgʻiziston

Asosiy mavzular