06:38 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
66010

Ozarbayjon prezidenti Armaniston qurolli kuchlarining Qorabogʻdan olib chiqilishi qisqa muddatda muzokaralar yoʻli bilan taʼminlanishi lozimligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 1 noya — Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston qurolli kuchlarining Qorabogʻdan olib chiqilishi qisqa muddatda muzokaralar yoʻli bilan taʼminlanishi lozimligini maʼlum qildi. Aks holda Boku “oxirigacha boradi”.

“Ammo umid qilamanki, bu jarayon uzoqqa choʻzilmaydi, chunki biz 30 yil kutdik. Biz Armaniston qurolli kuchlari boshqa ishgʻol qilingan hududlardan qisqa muddatda olib chiqilishi muzokaralar bilan taʼminlashinini istaymiz.  Aks holda, hududimiz yaxlitligini har qanday yoʻl bilan qayta tiklashni davom ettiramiz, avval aytganimdek, oxirigacha boramiz”, - dedi Aliyev Turkiya TIV rahbari Mevlyut Chavushoʻgʻli bilan uchrashuvda. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

“Oson ish”. AQSH nima sababdan Boku va Yerevanni yarashtira olmadi

Togʻli Qorabogʻdagi toʻqnashuvlar 27 sentyabr kuni boshlandi. Armaniston va Ozarbayjon bir-birini harbiy harakatlarni boshlashda ayblamoqda. Armaniston harbiy holat va umumiy safarbarlik joriy etdi. Ozarbayjon esa qisman harbiy holat va safarbarlik joriy etdi.

9 oktyabr kuni Moskvaga Rossiya prezidenti taklifiga binoan Armaniston va Ozarbayjon TIV rahbarlari keldi. Ular rossiyalik hamkasbi bilan 10 soatdan ziyod muzokaralar oʻtkazishdi. Natijada Yerevan va Boku 10 oktyabr soat 12:00 dan boshlab Qorabogʻda oʻt ochishni toʻxtatishga, asirlar va halok boʻlgan tanalari bilan oʻzaro almashishga kelishib oldi. Ammo 10 oktyabr kuni tomonlar bir-birini kelishuvni buzishda aybladi.

Teglar:
Togʻli Qorabogʻ, Ilhom Aliyev, Armaniston, Ozarbayjon

Asosiy mavzular