19:29 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
28 0 0

Tedros Adxanom Gebreyesus koronavirus bilan kasallangan kishi bilan muloqotda boʻlgani sabab oʻzini oʻzi yakkalash tartibiga rioya qilishini maʼlum qildi

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus koronavirus bilan kasallangan kishi bilan muloqotda boʻlgani sabab oʻzini oʻzi yakkalash tartibiga rioya qilishini maʼlum qildi. Bu haqda u Twitter᾽da yozdi.

Gebreyesusning soʻzlariga koʻra, u oʻzini yaxshi his qilmoqda va unda kasallikning hech qanday alomati yoʻq.

“JSST bayonnomalariga muvofiq, bir necha kun oʻzimni yakkalayman va uydan turib ishlayman”, - deya maʼlum qildi tashkilot rahbari.

Shuningdek, u koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish talablarini qatʼiy bajarish zarurligini taʼkidladi.

“Aynan shunday biz COVID-19 yuqishi zanjirini uzamiz”, - dedi u.

Koronavirus pandemiya boshlangandan buyon dunyoda 46 milliondan ziyod kishi kasallandi. 1,18 milliondan ziyod kishi vafot etdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
Teglar:
Tedros Adxanom Gebreyesus, JSST, koronavirus

Asosiy mavzular