07:17 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
274 0 0

Chexiya aholining har 100 mingidan COVID-19 dan oʻlim holati boʻyicha Andorrani ortda qoldirib, yetakchi oʻringa koʻtarilgan.

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Soʻnggi yetti kun ichida Chexiya koronavirusdan oʻlim antireytingida birinchi oʻringa koʻtarildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Maʼlumotlar Kasalliklarning oldini olishi va nazorat qilish Yevropa markazi (ECDC) tomonidan taqdim etilgan.

Chexiya aholining har 100 mingidan COVID-19 dan oʻlim holati boʻyicha Andorrani ortda qoldirib, yetakchi oʻringa koʻtarilgan. Hozir Chexiyada oʻlim koʻrsatgichi 11,02, Andorrada esa 7,88 tashkil etadi. Keyingi oʻrinlarda Belgiya (6,81), Armaniston (6,19) va Chernogoriya (6,11) joylashgan.

Soʻnggi hafta mobaynida Chexiyada 1174 nafar koronavirusga chalingan kishi vafot etgan.

Chexiyada pandemiya boshlangan buyon 341 mingdan ziyod kishi koronavirus yuqtirib olgan. 3 429 kishi virus qurboniga aylangan. Mamlakat aholisi 10,6 millionni tashkil etadi.

5 oktyabrdan mamlakatda favqulodda vaziyat rejimi amal qiladi. 30 oktyabr kuni parlament deputatlari uni 20 noyabrga qadar uzaytirishni yoqlab ovoz berdi. Favqulodda vaziyat doirasida maktablar va OTMlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, madaniyat muassasalari, doʻkonlar (oziq-ovqat doʻkonlaridan tashqari) yopilgan. Barcha sport musobaqalari toʻxtatib qoʻyilgan. Shuningdek, fuqarolarga koʻchaga zaruratsiz va niqobsiz chiqish taqiqlangan

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
Teglar:
Chexiya, oʻlim, koronavirus

Asosiy mavzular