14:15 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
102 0 0

Telekanal manbasining maʼlum qilishicha, portlash va otishma Afgʻoniston va Eron vakillari universitetda kitob koʻrgazmasini ochayotgan vaqtda roʻy bergan.

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Afgʻoniston poytaxti Kobuldagi universitet oldida otishma sodir boʻldi. Bu haqda “Tolo News” telekanali mamlakat IIV maʼlumotiga tayangan xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, hodisa joyida portlash ovozi eshitilgan. U yerga politsiya xodimlari yuborilgan. Binoga qurollangan kishilar kirgan boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.

Telekanal manbasining maʼlum qilishicha, portlash va otishma Afgʻoniston va Eron vakillari universitetda kitob koʻrgazmasini ochayotgan vaqtda roʻy bergan.

Taʼkidlanishicha, hozircha hech qaysi guruh hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan.

Teglar:
portlash, otishma, Kobul, Afgʻoniston

Asosiy mavzular