00:12 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
68410

UFC rahbari Dana Uayt yengil vaznda chempion, rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovning oktagonga qaytishiga ishonmoqda.

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. UFC rahbari Dana Uayt yengil vaznda chempion, rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovning oktagonga qaytishiga ishonmoqda. Bu haqda BJPenn portali xabar qildi.

UFC rahbari Habib avvalgidek chempion boʻlib qolmoqda va vaqtinchalik yetakchilik yoʻqligini taʼkidladi.

"Ishoning, Habib yana bir jang uchun qaytadi. Bu unvon boʻsh boʻlmaydi. U avvalgidek chempion. Hech qanday boʻsh kamar yoʻq, vaqtinchalik chempion unvoni yoʻq", - Uayt soʻzlarini keltiradi nashr.

Habibning oxirgi jangi

25 oktyabr kuni UFC 254 musobaqasida Habib Nurmagomedov amerikalik jangchi Jastin Getji ustidan gʻalaba qozonib, chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi. Jangdan soʻng rossiyalik chempion MMAdagi faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi.

Sportchi 29 ta jangda oʻtkazib, barchasida gʻalaba qozongan.

Nurmagomedovning Getji ustidan gʻalabasidan soʻng UFC rahbariyati vazn toifasidan qatʼiy nazar jangchilarning yangilangan reytingini taqdim etdi, unda Habib birinchi oʻrinni egalladi.

Asosiy mavzular