19:35 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
532 0 0

Mutaxassislar koronavirusning yengil yoki oʻrta shaklda boshidan oʻtkazgan 30 mingdan ziyod bemorlarning maʼlumotlarini oʻrganishdi.

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Koronavirus infektsiyasidan tuzalganlarda antitanachalar bir necha oy davomida saqlanib qolinadi. Bu haqda “Science” nashri amerikalik olimlar tadqiqotiga tayangan holda yozmoqda.

Mutaxassislar koronavirusning yengil yoki oʻrta shaklda boshidan oʻtkazgan 30 mingdan ziyod bemorlarning maʼlumotlarini oʻrganishdi. Natijada ishtirokchilarning hammasida virusga nisbatan barqaror immun javob borligi aniqlandi.

Soʻngra olimlar ulardan 121 nafarining tahlil namunalarini tanlab olib, kuzatishda davom etishdi. Natijada olimlar organizmda barqaror antitanachalar besh oy davomida saqlanib qolganini aniqlashdi.

Shu bilan birga, tadqiqot mualliflari antitanachaning borligi koronavirusdan toʻliq himoyani kafolatlamasligini taʼkidlashmoqda, ammo yana bir marta yuqtirib olish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.

Asosiy mavzular