16:19 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
319 0 0

Saylovdan soʻng tartibsizliklar boshlanishidan qoʻrqqan amerikaliklar yoppasiga qurol sotib olmoqda. Politsiya va milliy gvardiya shay holatga keltirilgan.

TOSHKENT, 3 noya - Sputnik. prezident saylovidan soʻng tartibsizliklar yuz berishidan qoʻrqib, amerikaliklar yoppasiga qurol sotib olishmoqda, deb xabar qilmoqda RT AQShning Sky News agentligiga asosan.

Xususan, Michigan shtatida ilk bor qurol-aslaha ana shunday misli koʻrilmagan hajmlarda sotilmoqda, - deyilgan xabarda. 

Shu bilan bir vaqtda, qurollangan guruhlar faollashgani ham qayd etilmoqda. Mahalliy aholi fikriga koʻra, bundaylar hamma narsaga tayyor. 

Oldinroq, AQShda magazin egalari tartibsizliklar boshlanib ketishidan qoʻrqib, magazin vitrinalarini fanera bilan himoya qilayotgani, aholi orasida oʻzini-oʻzi himoya qilishga tayyorlanayotgan qurolli guruhlar paydo boʻlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Ayni damda AQSH Milliy Gvardiyasining maxsus batalonlari tuliq shay holatga keltirilgan. Politsiya mahalliy aholiga kelayotgan saylov kunlarida dam olish kunlari olib oʻz uylarini tark etmaslikni tavsiya qilgan. 

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp saylovda magʻlub boʻlgan taqdirda hukumatni oʻz ixtiyori bilan tark etmasligini eʼlon qilgan edi. 

Asosiy mavzular