22:05 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
145 0 0

2 noyabr kuni bir guruh nomaʼlum shaxslar Venada qator hujumlarni amalga oshirdi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hujum oltita joyda roʻy bergan.

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Avstriya poytaxti Venadagi teraktdan soʻng toʻrt kishi qurbon boʻldi. Bu haqda “Kurier” nashri shahar meri Mixael Lyudvig maʼlumotlariga asoslangan holda xabar qildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yana 18 kishi yarador boʻlgan.

2 noyabr kuni bir guruh nomaʼlum shaxslar Venada qator hujumlarni amalga oshirdi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hujum oltita joyda roʻy bergan. OAV hujumlarda bir nechta jinoyatchi ishtirok etganini xabar qilmoqda. Ulardan birini yoʻq qilishga erishilgan. Qolgani qochib ketgan va hozir ularni qidirishmoqda.

Hukumat hujumni terakt deb hisoblamoqda. Shahar aholisidan vaqtincha uylarini tark etmaslik soʻralgan. Milliy kengash va parlament majlislari bekor qilingan, maktablarda darslar vaqtincha toʻxtatilgan.

Asosiy mavzular