18:46 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
257 0 0

Qirgʻiziston parlament spikeri Kanat Isayev davlat rahbari lavozimi uchun kurashish maqsadida isteʼfoga chiqishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. Qirgʻiziston parlament spikeri Kanat Isayev isteʼfoga chiqdi. U bu haqda parlament majlisida maʼlum qildi.

Sputnik Qirgʻiziston agentligi xabariga koʻra, Isayev majlisdagi chiqishida uni prezident lavozimiga ilgari surishgani va shuning uchun u spikerlikdan bosh tortganini maʼlum qilgan.

Hozirda mamlakat yangi spikerini saylash koʻrib chiqilmoqda.

Qirgʻizistonda prezident saylovlari 2021 yil 10 yanvar kuni boʻlib oʻtishi kerak. Qirgʻiziston Markaziy saylov komissiyasiga toʻrt kishidan mamlakat prezidenti lavozimiga oʻz nomzodini ilgari surish toʻgʻrisidagi ariza kelib tushgan. Bundan tashqari, Qirgʻiziston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Sadir Japarov isteʼfoga chiqishi va davlat rahbari saylovlarida ishtirok etishini maʼlum qilgan.

Mavzu boʻyicha

Qirgʻiziston prezidenti lavozimiga allaqachon besh kishi daʼvogarlik qilmoqda
Qirgʻiziston prezidenti v.b. Japarov ilk xorijiy tashrif bilan Rossiyaga bormoqchi
Japarov Qirgʻiziston prezidenti saylovlarida nomzodini ilgari suradi
Namoyishlardan isteʼfogacha: Qirgʻizistonda boʻlgan voqealar qisqa satrlarda
Teglar:
saylovlar, Qirgʻiziston hukumati, Qirgʻiziston

Asosiy mavzular