22:19 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
359 0 0

Rossiyada COVID-19 bilan kasallanish va undan oʻlim boʻyicha yangi rekord oʻrtatildi. Mamlakatda bir kunda qariyb 20 ming kishi kasallandi.

TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. Oʻtgan kun davomida Rossiyaga 19 768 kishida koronavirus aniqlandi. Bu kasallanish boʻyicha yangi rekord.

Oldingi rekord 1 noyabr kuni qayd etilgan edi – 18 665 ta kasallanish holati.

Eng koʻp yangi kasallanish Moskva (5826), Sankt-Peterburg (1031) va Moskva viloyatida (569) aniqlangan.

Shuningdek, oʻtgan kun davomida 389 kishi bu kasallikdan vafot etgan. Bu ham yangi rekord – avvalgisi 29 oktyabr kuni (366 ta) kuzatilgan edi. Shu bilan birga 15 567 kishi virusni yenggan.

Rossiyada pandemiya boshlangandan buyon 1 693 454 kishi koronavirus bilan kasallangan. Shulardan 1 266 931 nafari tuzalib ketgan. 29 217 kishi virus qurboniga aylangan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
Teglar:
koronavirus, Rossiya

Asosiy mavzular