18:27 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
313 0 0

Daniyada koronavirus mutatsiyasining oldini olish uchun barcha qorakoʻzanlar yoʻq qilinadi. Qorakoʻzanlarda aniqlangan mutatsiyaga uchragan virus vaktsina yaratilishida muammoni yuzaga keltirishi mumkin.

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Daniyada koronavirus mutatsiyasining oldini olish uchun barcha qorakoʻzanlar (norka) yoʻq qilinadi.

Hayvonlar orasida koronavirus aniqlangani sababli Daniya fermalarida saqlanayotgan qorakoʻzanlar oʻldiriladi.

“Daniyadagi barcha qorakoʻzanlar oʻldirilishi kerak”, — dedi Daniya bosh vaziri Mette Frederikson.

Frederiksenning soʻzlariga koʻra, odamlar orasida tarqalib, ularda antitanalar shakllanish xususiyatini kuchsizlantirayotgan qorakoʻzanlarda mutatsiyaga uchragan COVID-19 infektsiyasi sabab keskin harakatlarni amalga oshirish zarur.

Taʼkidlashicha, qorakoʻzanlarda aniqlangan mutatsiyaga uchragan virus vaktsina yaratilishida muammoni yuzaga keltirishi mumkin.

Mutatsiyaga uchragan koronavirus bilan kasallanish holati 207 bosh qorakoʻzanda va 12 kishida aniqlandi. Amaldorning soʻzlariga koʻra, virus nafaqat Daniyada, balki boshqa davlatlarga tarqalishi mumkin.

“Biz Daniya aholisi oldida masʼulmiz. Biroq aniqlangan mutatsiyani hisobga olsak, dunyoning qolgan aholisi qarshisida ham masʼuliyatimiz bor”, — deydi Frederiksen.

 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)

Asosiy mavzular