Mixail Jvaneskiy vafot etdi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishPisatel-satirik Mixail Jvaneskiy
Pisatel-satirik Mixail Jvaneskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rus satirasining eng yorqin yulduzlaridan biri - Mixail Jvaneskiy vafot etdi. So‘nggi vaqtlarda u sahnaga chiqmay qo‘ygan edi.

TOShKENT, 6 noya - Sputnik. Satirik - yozuvchi Mixail Jvaneskiy 86-yoshida vafot etdi, deb xabar qildi Alla Pugacheva o‘z instagramida. 

"Mana tugadi. Sen ham bizni mangu tark etding. To‘ldirib bo‘lmas yo‘qotish. Seni unutib bo‘lmaydi do‘stim. Sen doim mening yuragimdasan", — deb yozib qoldirgan xonanda.

Jvaneskiy 86 yoshda edi. Dastlab u yoshi tufayli ommaviy chiqishlarini to‘xtatgan edi. Undan tashqari u o‘zini yomon his qilayotgani haqida ham xabar qilgan. 

Mixaíl Mixáylovich Jvanéskiy - 1934-yil 6-martda Odessada tug‘ilgan. Rus satirik-yozuvchisi, o‘z asarlari ijrochisi, kinossenarist, teleboshlovchi, aktor. Ukraina xalq artisti, (1999), Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (2012). Rossiya prezidenti premiyasi laureati(2002). 

Yangiliklar lentasi
0