Toqayev va Nazarboyev Baydenga tabrik yo‘lladi

© REUTERS/Jim BourgDjo Bayden
Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayd etish joizki, Baydenning saylovdagi g‘alabasi haqida Amerikaning yirik OAVlari ma’lum qildi. Ovoz berishning rasmiy natijalari hozircha e’lon qilinmagan.

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. AQSh Demokratik partiyasidan nomzod Jo Bayden Amerikaning yirik medialari uning g‘alabasi haqida ma’lum qilgandan so‘ng o‘zini AQShning yangi saylangan prezidenti deb e’lon qildi.

Shu munosabat bilan qator xorijiy davlat yetakchilari  unga tabrik yo‘llashmoqda, jumladan, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev.

Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Bayden AQSh prezidenti saylovida g‘alaba qozonganini e’lon qildi

“Janob Jo Baydenni AQSh prezidenti etib saylangani bilan samimiy muborakbod etaman. Mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro manfaatli sohalarda samarali hamkorlik qilishga umid qilamiz”, - deya yozdi Toqayev Twitterʼdagi sahifasida.

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ham Jo Baydenni AQShdagi prezident saylovlarida qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi.

“Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston va AQSh o‘rtasidagi kengaytirilgan strategik hamkorlik kelgusida ham ikki davlat xalqlari ravnaqi mustahkamlanishiga umid bildirdi”, - deyilgan uning telegrammasida.

Tabrik so‘nggida Nazarboyev Jozef Baydenga davlat faoliyatida muvaffaqiyat tilagan.

Qayd etish joizki, Baydenning saylovdagi g‘alabasi haqida Amerikaning yirik OAVlari ma’lum qildi. Ovoz berishning rasmiy natijalari hozircha e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Jozef Bayden AQSh prezidenti saylovida g‘alaba qozonganini ma’lum qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0