Ozarbayjon armiyasi Qorabog‘da 20tadan ortiq qishloqni o‘z nazoratiga oldi - Aliyev

© Sputnik / Mediabankka o‘tishSituatsiya v Nagornom Karabaxe
Situatsiya v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar Tog‘li Qorabog‘dagi yana bir qator hududlarni o‘z nazoratiga olgan.

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar Tog‘li Qorabog‘dagi yana bir qator hududlarni o‘z nazoratiga olgan. RIA Novosti xabariga asosan.

Prezident RF Vladimir Putin i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Erdog‘an Putinga Qorabog‘ bo‘yicha ishchi guruh tuzishni taklif qildi

Aliyevning Twitter’dagi sahifasida yozilgan xabarga ko‘ra, bular “Gobu Dilagagarda, Yal Piraxmedli, Yuxari Yaglivend, Dilagarda, Seyid Mahmudlu, Aleskerli Fizulin, Demirchiler, Chanagchi, Madatkend, Signag Xojalin, Susanlig, Domi, Tug, Akaku, Azix Xujavend, Guseynalilar, Soyyudlyu, Ashagi Sirik Jabrail, Yuxari Mollu, Ashagi Mollu, Xodjik Gubadli, Kechikli, Ordekli Zangilan tumanlari.

O‘z navbatida, Armaniston Mudofaa vazirligi vakili Arsrun Ovannisan Martuni, Martakert va Tagavard aholi punktlari yo‘nalishida hujumlar qaytargani haqida ma’lumot berdi.

Avvalroq, Aliyev Qorabog‘da jangovar harakatlar boshlanganidan beri Ozarbayjon armiyasi tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasida 200 dan ortiq aholi punktlarini "istilodan ozod qilganini" ma’lum qilgandi.

Boku ma’lumotlariga ko‘ra, ular orasida Shusha shahri - TQRda kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Shaharni egallab olinishi e’lon qilingandan so‘ng Turkiya yetakchisi Toyyib Erdog‘an Aliyevni Qorabog‘da "g‘alaba" bilan tabrikladi. Armaniston mudofaa vazirligi shahar uchun janglar hanuzgacha davom etayotganini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0