Rossiya tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘ga jo‘nab ketdi - video

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSamolet voyenno-transportnoy aviatsii Rossii
Samolet voyenno-transportnoy aviatsii Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Il-76 samolyotlari Rossiya tinchlikparvar kuchlari bilan Qorabog‘ tomon uchib ketdi. Mojaro zonasiga shaxsiy tarkib, zirhli avtomashinalar va boshqa texnika yetkazib beriladi.

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Il-76 samolyotlari Rossiya tinchlikparvar kuchlari bilan Qorabog‘ tomon uchib ketdi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.

10-samolyot Ulyanovsk-Vostochniy aerodromidan uchib chiqdi. Mojaro zonasiga shaxsiy tarkib, transport vositalari, zirhli avtomashinalar va materiallar yetkazib beriladi.

Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlarni to‘xtatish haqidagi kelishuv doirasida Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish to‘g‘risida kelishib oldilar. Hujjat 10-noyabrga o‘tar kechasi imzolandi.

Mudofaa vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, hududga 1970 nafar harbiy xizmatchi, 90 ta zirhli mashina va 380 ta boshqa texnika olib kelinadi. Tinchlikparvar kontingentning asosini Markaziy harbiy okrugning 15-alohida motoo‘qotar brigadasi bo‘linmalari tashkil qiladi.

Parallel ravishda Armaniston hududdan o‘z harbiylarini olib chiqadi.

Yangiliklar lentasi
0