Pashinyan Tog‘li Qorabog‘da urush tugaganini e’lon qildi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan
Premyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ulyanovskdan Tog‘li Qorabog‘ hududiga o‘ninchi Il-76 samolyoti uchdi. Uning bortida Rossiya tinchlikparvar kuchlari, avtomobil texnikasi, bronetransporterlar va boshqa vositalar bor. 

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘da barcha harbiy harakatlar bugun tun soat 01:00da  tugatilishini rasman ma’lum qildi. 

"Men o‘zim va hammamiz uchun o‘ta murakkab bo‘lgan qaror qabul qildim. Men Rossiya va Ozarbayjon prezidentlari bilan birgalikda qorabog‘ urushini tun soat 01.00 da tugatish haqidagi shartnomani imzoladim. E’lon qilingan bayonot matni men va bizning xalqimiz uchun juda og‘riqli", - dedi Pashinyan.

Pashinyan aytishiga ko‘ra, ushbu qaror bugungi kunda yuzaga kelgan harbiy vaziyatni chuqur tahlil qilish, vaziyat bilan yaxshi tanish bo‘lgan kishilar maslahati hamda bugungi kunda ushbu yo‘l mavjud vaziyatdan chiqishning eng yaxshi uslubi ekanini hisobga olgan holda qabul qilingan. Yanada batafsil ma’lumot shu kunlarda keng ommaga e’lon qilinadi. 

"Bu g‘alaba emas, lekin mag‘lubiyat ham bo‘lmaydi. Biz hech qachon o‘zimizni yengilgan deb tan olmaymiz. Bizning milliy birlashuv va qayta tug‘ilish asrimiz ana shundan boshlanishi kerak", - deb qo‘shimcha qildi Armaniston bosh vaziri.

Sputnik Armeniya tomonidan e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘ hududida  barcha jangovar harakatlar 10-noyabr Moskva vaqti bilan tun soat 00:00 dan boshlab to‘xtatilishi kerak.

Samolet voyenno-transportnoy aviatsii Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘ga jo‘nab ketdi - video

Armaniston 15-noyabrga qadar Ozarbayjonga Kelbadjar tumanini, ushbu yilning 1-dekabriga qadar  - Lachin tumanini qaytarib berishi kerak. Shu bilan bir vaqtda kengligi 5 km bo‘lgan Lachin koridori Armaniston ixtiyorida qoladi. Ushbu koridor orqali Tog‘li Qorabog‘ bilan aloqa bog‘lanib turiladi. Bu koridor Shusha shahri orqali o‘tmaydi. 

Rossiya Tog‘li Qorabog‘ hududiga 1960 nafar tinchlikparvar askarlar, 90 ta bronetransporter, 380ta avtomobil va boshqa maxsus texnika jo‘natadi. Rossiyalik harbiylar Tog‘li Qorabog‘da 5-yil muddatga qoladi, keiynchalik ushbu muddat uzaytirilishi mumkin. Ushbu shartnoma Boku va Yerevan talabiga binoan bekor qilinishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, TOg‘li Qorabog‘da jangovar harakatlar 27-sentabr kuni boshlangan edi. Janglarni boshlashda Armaniston va Ozarbayjon harbiylari bir-birini ayblashdi. O‘tgan davr mobaynida son va kuch jihatidan bir necha barobar kuchli bo‘lgan Ozarbayjon armiyasi 20dan ortiq qishloqlar va Shusha shaharchasini egallab olgani haqida bayonot bergan edi. Ikkala tomon ham qurbonlar sonini e’lon qilayotgani yo‘q, lekin ekspertlar xulosasiga ko‘ra, ular bir necha mingdan oshgan. 

Yangiliklar lentasi
0