14:40 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
57710

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlarni Afgʻonistondagi vaziyat tashvishga solishda davom etmoqda – Vladimir Putin.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlarni Afgʻonistondagi vaziyat tashvishga solishda davom etmoqda, deb taʼkidladi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

"Afgʻonistondagi vaziyat hali ham alohida tashvishga solmoqda. SHHT afgʻon doʻstlariga milliy kelishuvni izlash, uzoq muddatli va mustahkam tinchlikni oʻrnatish borasida yordam berish uchun koʻp ish qilmoqda. SHHT-Afgʻoniston muloqot guruhi tuzilgan, uning doirasida tashkilotimizning afgʻon yoʻnalishidagi harakatlari boʻyicha “yoʻl haritasi” ishlab chiqilib, qabul qilingan", - dedi Putin SHHT yigʻilishida.

Uning soʻzlariga koʻra, bularning barchasi qoʻshnilar bilan tinch-totuv yashaydigan,  terrorizm, narkojinoyatchilikdan xoli, barqaror, xavfsiz davlat shakllanishi uchun Afgʻonistonga yordam berishga qaratilgan.

Asosiy mavzular