The Times: Londondagi Sherlok Xolms uyi Nazarboyev oilasiga tegishli

Obuna bo‘lish
“The Times” gazetasi Londondagi Beyker strit-221B manzilida joylashgan Sherlok Xolms uy-muzeyi Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning qarindoshlariga tegishliligini ta’kidlamoqda.

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Londondagi Beyker strit-221B manzilida joylashgan Sherlok Xolms uy-muzeyi Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning qarindoshlariga tegishli. Bu haqda “The Times” gazetasi “SourceMaterial” ma’lumotlariga tayangan holda yozmoqda.

Ma’lum qilinishicha, London shahrining Beyker ko‘chasidagi mulk 2015-yili Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi Dariga Nazarboyeva va uning o‘g‘li Nurali Aliyevga tegishli bo‘lgan.

Mulkning umumiy qiymati 140 million funt sterlingni tashkil etadi. Gazeta ma’lumotiga qaraganda, ko‘chmas mulkning 90 foizi Nazarboyeva va qolgan 10 foizi uning o‘g‘liga tegishli bo‘lgan.

Nurali Aliyev - Sputnik O‘zbekiston
London sudi Nazarboyev nevarasi yashayotgan hashamatli uyi bilan qiziqmoqda

Shu bilan birga, yer reyestriga ko‘ra, hozir ko‘chmas mulkning rasmiy egasi 2005-yilda sotib olgan “Farmont Baker Street Limited” kompaniyasidir. Hozir “Farmont Baker Street” BAA kompaniyasiga tegishli.

Xabarda yozilishicha, Sherlok Xolmsning uyidan tashqari Nazarboyevlar oilasi yana bir qancha binolar hamda Beyker ko‘chasidagi 215 va 237-uylar orasidagi yer maydonlariga egalik qiladi.

Nazarboyevlar oilasining vakili bo‘lgan “Mishcon de Reya” yuridik firmasi nashr ma’lumotlariga izoh bermagan.

Nashr 2015-yilda “Global Witness” nodavlat tashkiloti surishtiruv o‘tkazib, Artur Konan Doyl hikoyalarining bosh qahramoniga bag‘ishlangan ushbu muzey Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning marhum kuyovi Rohat Aliyevga tegishli bo‘lganini aniqlaganini eslatgan.

Yangiliklar lentasi
0