06:24 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
69411

Rossiya qoʻshinlarining, jumladan strategik yadroviy kuchlari uchun qurilayotgan yangi qoʻmondonlik-boshqaruv punkti oʻta mustahkam inshoot boʻladi.

TOSHKENT, 11 noya - Sputnik. Rossiyada deyarli "mutlaq himoyalangan" yangi qoʻmondonlik-boshqaruv punkti qurib bitkazilmoqda, dedi Vladimir Putin bugun Rossiya Mudofaa vazirligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda.

"Biz siz bilan yaxshi tushunamizki, jangovar sharoitda boshqaruv tizimini saqlab qolish juda muhim ahamiyatga ega. Ularni hatto yadroviy zarba berilganda ham saqlab qolish kerak. Shuning uchun boshqaruv tizimlarining xavfsizligini oshirish ustida jiddiy ishlashimiz kerak. 

Menga aytishlaricha, yangi deyarli mutlaq himoyaga ega boʻlgan boshqaruv punkti qurilishi soʻnggi bosqichga yetgan. Barcha, jumladan strategik yadroviy kuchlarni boshqarish imkoniga ega boʻlgan ushbu inshootning mustahkamligi juda yuqori boʻladi", - dedi Rossiya prezidenti. 

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtlarda bir necha ekspertlar dunyoda yadroviy urush xavfi ortib borayotganini aytib oʻtishmoqda. Biroz oldin Germaniya harbiy kuchlari "yadroviy urush sharoitida" harbiy mashgʻulotlar oʻtkazgan edi.

Undan tashqari yaqinda Chexiya harbiylari ham "Uchinchi jahon urushini" bashorat qilishgan edi. 

 

 

 

Asosiy mavzular