06:57 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
49040

Ilhom Aliyev Ozarbayjon Togʻli Qorabogʻdagi urushda gʻalaba qozonganligini eʼlon qildi. U Boku Qorabogʻda yetkazilgan zarar hisoblanishini va Yerevandan kompensatsiya talab qilishini aytdi.

TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. Togʻli Qorabogʻdagi urush Ozarbayjonning gʻalabasi bilan yakunlandi, dedi respublika prezidenti Ilhom Aliyev harbiylar bilan uchrashuvda. RIA Novosti xabariga asosan.

Togʻli Qorabog boʻyicha kelishuv: Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya rahbarlari nimani kelishib oldilar
Ria.ru / AZTV / RT Arabic / Minoboronы Rossii / Press-slujba pravitelstva Respubliki Armenii / Ruptly

"Vatan urushi yakunlandi. Ozarbayjon bu urushda yorqin gʻalabani qoʻlga kiritdi, bizning yerlarimiz ishgʻoldan ozod qilindi, biz bosqinchilarni oʻz yerlarimizdan quvib chiqardik", dedi u.

Shuningdek, Aliyev Boku Qorabogʻda yetkazilgan zarar hisoblanishini va Yerevandan kompensatsiya talab qilishini aytdi.

Sentyabr oyi oxirida Togʻli Qorabogʻda vaziyat keskinlashdi: Armaniston va Ozarbayjon bir-birini 1980-yillar oxirida boshlangan mojaroni avj oldirishda aybladilar. Tomonlar toʻliq yoki qisman safarbarlik eʼlon qilishdi, janglar boshlandi.

Bir yarim oy ichida tomonlar oʻt ochishni toʻxtatish uchun uchta muvaffaqiyatsiz urinishni amalga oshirdilar. 10 noyabrga oʻtar kechasi Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston toʻrtinchi hujjatni imzoladilar. Unga koʻra, Ozarbayjon va Armaniston harbiylari jangovar harakatlarni toʻxtatadi, egallab olingan pozitsiyalarda toʻxtaydi va asirlar bilan oʻzaro almashiladi. Armaniston Bokuga Kelbajar, Lochin va Agdam tumanlarini qaytarishi kerak.

Bundan tashqari, Rossiya tinchlikparvar kuchlari Togʻli Qorabogʻ mojarosi zonasida joylashtiriladi. Mudofaa vazirligining maʼlumotlariga koʻra, Markaziy harbiy okrugning tinchlikparvar 15-alohida motoroʻqotar brigadasi boʻlinmasidan iborat kontingent - 1960 nafar harbiy xizmatchi, 90 ta zirhli transportyorlar, 380 ta avtomobil va maxsus texnika.

Bokuda bu kelishuv Yerevanning taslim boʻlishi deb nomlandi. Ilhom Aliyev hujjat Ozarbayjon uchun eng foydali ekanligini taʼkidladi: endi, unga koʻra, harbiy bosqich yakunlandi va siyosiy masalalarga oʻtish mumkin.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, oʻz navbatida, tinchlik toʻgʻrisidagi qaror unga juda ogʻriqli boʻlgani, ammo bu Qorabogʻni yoʻqotib qoʻyishdan saqlab qolganini aytdi. Yerevanda namoyishlar boshlandi, namoyishchilar bir nechta hukumat binolarini agʻdartoʻntar qilishdi.

Asosiy mavzular