14:45 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
213 0 0

Zamonaviy texnologiyalar yordamida SARS-CoV-2 virusi tuzilishini atomlar darajasida yaratish va avval unda ilgʻab boʻlmagan detallarni aks ettirishga muvaffaq boʻlingan.

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Saudiya Arabistoni podshohi Abdulloh nomidagi fan va texnologiyalar universiteti mutaxassislari koronavirusning eng aniq 3D-modelini ishlab chiqishdi.

Buning uchun olimlar mikroskop yordamida barcha mavjud suratlar va oqsil maʼlumotlari bazasini toʻplashdi.

Zamonaviy texnologiyalar yordamida SARS-CoV-2 virusi tuzilishini atomlar darajasida yaratish va avval unda ilgʻab boʻlmagan detallarni aks ettirishga muvaffaq boʻlingan.

“Biz yaratgan model shunchaki lipid membranada ixtiyoriy ravishda joylashtirilgan oqsil tojlarni emas, balki virusning toʻliq tuzilishini namoyish qiladi”, - deydi olimlardan biri Ngan Nguyen.

Olimlar yaratilgan model virusni batafsilroq oʻrganishga, bu oʻz navbatida, unga qarshi dori vositalari ishlab chiqilishini tezlashtirishga imkon berishiga umid bildirishgan.

Asosiy mavzular