Ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘iziston MXDQ bolalarni o‘g‘irlayotgani haqidagi mish-mish tarqaldi

© CC0 Podrostok
Podrostok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi organ xodimlari bolalarni o‘g‘irlayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) idora xodimlari Norin viloyatida bolalarni qo‘rqitish va o‘g‘irlash bilan shug‘ullanayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Idora matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda shunga o‘xshash yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish holatlari ko‘paygan.

“MXDQ hech qachon o‘zining tezkor-qidiruv tadbirlarida voyaga yetmaganlardan foydalanmaydi”, - deyilgan xabarda. Undan Sputnik Qirg‘iziston iqtibos keltirgan.

MXDQ hozir bunday yolg‘on xabarlarni tarqatgan ig‘vogarlarni qidirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0